Para taekvondo: Oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat chempionati gʻolib va sovrindorlari aniqlandi
Xabar berganimizdek, kecha Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida oʻsmirlar oʻrtasida gʻoliblar aniqlandi. Murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, Fargʻona, Samarqand va Qashqadaryo viloyati jamoalari yetakchilar qatorida eʼtirof etildi. Qizlar Karima Meliqoʻziyeva, Eʼzoza Saparmurodova, oʻgʻil bolalar orasida esa Hasan Toshpoʻlatov hamda Muhammadsodiq Usmonov mutaxassislar eʼtiboriga tushdi.
Tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi. Gʻoliblar medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Bugun kattalar oʻrtasidagi bahslar boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring