Para stol tennisi boʻyicha eng kuchlilar saralandi

19:52 27 Noyabr 2022 Sport
776 0

Bugun poytaxtimizda para stol tennisi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Bu safargi mamlakat birinchiligida Respublikamizning turli hududlaridan jami 70 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlar natijasiga koʻra, mamlakatimizning eng kuchli para stol tennischilari aniqlandi. Gʻolib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Ergashev hamda qoʻmita mutasaddilari ishtirok etdi. Shoxsupaga koʻtarilgan sportchilar medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Quyida para stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatining gʻolib va sovrindorlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

1-5 klasslar (erkaklar)
1-oʻrin – Rasul Atamuratov
2-oʻrin – Umidjon Axmedov
3-oʻrin – Ziyodbek Kamolov

1-5 klasslar (ayollar)
1-oʻrin – Jarkinay Murtazayeva

6-7 klasslar (erkaklar)
1-oʻrin – Izzatbek Hamrayev
2-oʻrin – Botir Isomiddinov
3-oʻrin – Baxodirjon Xoshimov

8-10 klasslar (erkaklar)
1-oʻrin – Sunnatullo Murodullayev
2-oʻrin – Abdurahmon Zohidjonov
3-oʻrin – Oybek Normaxmatov

8-10 klasslar (ayollar)
1-oʻrin – Maftuna Nishanbayeva
2-oʻrin – Iroda Musurmonkulova
3-oʻrin – Aysanem Ubaydullayeva

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?