Para shaxmat: Vakillarimiz jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladi
Avval xabar berganimizdek, ikki nafar hamyurtimiz - Axadxon Kimsanboyev va Durdona Jumanova ayni kunlarda Fransiyaning Kastelandare shahrida shaxmat boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchi yoshlar hamda ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida Vatanmiz sharafini himoya qilmoqda.
Taʼkidlash kerakki, Axadxon musobaqaning ilk turida shvetsiyalik Toga Joxadson, Jumanova esa portugaliyalik Jozefa Spaychelaga qarshi bahs olib bordi. Quvonarlisi, har ikkala sportchimiz ham jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladi. 2-tur oʻyinlarida Axadxon polshalik Michal Rakisga qarshi dona surdi va durang qayd etdi. Durdona esa indoneziyalik Tita Puspitaga qarshi bahsda magʻlub boʻldi.
3-tur oʻyinlarida Kimsanboyev ispaniyalik San Xuan Santin Aaronga qarshi, Jumanova esa kolumbiyalik Franko Perrizga qarshi dona surishadi. Bu oʻyinlarda har ikkala vakilimizga ham omad tilab qolamiz.
Shaxmat boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchi yoshlar va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati bahslarida ayollar oʻrtasida 18 davlatdan 26 nafar sportchi, yoshlar oʻrtasida esa 13 davlatdan 13 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Musobaqa 17-iyulga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring