Para kanoe boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi

18:26 27 Iyul 2023 Sport
428 0

Bugun Toshkent viloyatida joylashgan “Tuyaboʻgʻiz” suv omborida para kanoe boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan 50 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan bu galgi mamlakat birinchiligi ham qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy oʻtdi. Tajribali sportchilar qatorida yosh isteʼdodlar ham gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Otabek Ergashev ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindorlar esa tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер