Pandemiya davrida qanday matolardan tikilgan kiyimlar koronavirusdan himoya qiladi? Mutaxassis tavsiyasi

18:18 14 Aprel 2020 Lifestyle
2798 0

Illyustrativ surat

Mikrobiologlar va toʻqimachilik sohasi mutaxassislari qanday matolardan tikilgan kiyimlar koronavirusdan eng yaxshi himoya qilishini aniqlashdi.

“Izvestiya“ gazetasining yozishicha, Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining dekorativ hamda amaliy sanʼat va badiiy toʻqimachilik kafedrasi mudiri Irina Ribaulina virusni oʻzida saqlab qolish qobiliyati matoning zichligiga bogʻliq ekanligini taʼkidlar ekan, matoning zichligi qanchalik yuqori boʻlsa, himoya ham shunchalik mustahkam boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Shunday matolar sirasiga esa atlas, satin hamda tvid kabi gazlamalar kirar ekan. Ammo trikotajdan tayyorlangan kiyimlar, aksincha, sifat jihatidan farq qilmaydi, shuning uchun ularni pandemiya paytida kiyish tavsiya etilmaydi.

Virusning mato ustida qolishi ehtimoli, oʻz navbatida, uning tuzilishi va turlicha boʻlishiga taʼsir qiladi. Junli matolar, barqut, sunʼiy zamsh, villyur aynan shunday xususiyatlarga ega gazlama hisoblanadi. Qalin materiallardan tayyorlangan kiyim kiyilsa, boshqa odamlarga yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamayishini aytgan mutaxassis uyga kelganidan keyin darhol kiyimlarni dezinfeksiyalashni maslahat berdi.

Bundan tashqari, tugmacha yoki toʻgʻnogʻichlar kabi bezak elementlari boʻlmagan kiyimlarni tanlash tavsiya etildi, chunki virus misda toʻrt soatgacha, kartonda 24 tagacha, zanglamaydigan poʻlat va plastmassada esa uch kungacha yashashi mumkin.

Viruslar va bakteriyalar sochlarga ham “yopishishi“ mumkin, shuning uchun pandemiya paytida Moskva fizika va texnologiya instituti va Fizika va iqtisodiyot institutining biofizika instituti dotsenti Oleg Batishev ularni yigʻish va koʻproq yuvishni maslahat berdi.

ALBATTA, BULAR TADQIQOTLARDA ANIQLANGAN XULOSALAR. ENG MUHIMI, MUTAXASSISLARNING TAVSIYALARIGA AMAL QILING. UYDA QOLING. OʻZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI INFEKSIYADAN HIMOYA QILING.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?