Paxtaobodlik ayolga nisbatan ozodlikni cheklash jazoni tayinlandi
Illyustrativ foto
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon . Paxtaobodlik D.M.muqaddam ikki marta sudlanganligiga qaramay, uchinchi bor jinoyatga qoʻl urdi. Bu gal oʻzi mehnat qilayotgan xoʻjalikdan bir gektar maydonni fuqaro T. A.ga poliz ekinlari ekish uchun ajratib berish vaʼdasi bilan 3 million 200 ming soʻmga “sotdi”.Biroq belgilangan vaqt boʻlsada, yer ajratib berilmaganidan shubha qila boshlagan fuqaro huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etibgina ayolning qilmishlaridan voqif boʻldi. Surishtiruv davomida maʼlum boʻlishicha, firibgar yana ikki nafar ayollarni chuv tushirib, oʻzlashtirilgan mablagʻni ehtiyoji yoʻlida sarflab yuborgan ekan.
Jinoyat ishlari boʻyicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Kamronshox Rasulovning maʼlum qilishicha, fermer ayolga nisbatan 2 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplanibgina qolmasdan, uning foydasiga 5 million 160 ming soʻm moddiy zarar undirib berildi.
3 million 200 ming soʻmga yer sotaman deb, ozodlikni cheklash jazosini “sotib olgan” ayol qilmishidan pushaymon. Oʻz vaqtida nafsini jilovlab olganida edi uchinchi marta sudning qora kursisidan joy olmagan boʻlardi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring