Paxtakor tumani “Paxtakor” QFYdagi turarjoylarning achinarli holati Senat nazoratiga olindi

12:55 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
243 0

Shu kunlarda internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Paxtakor” QFYda joylashgan turarjoylar “Obod qishloq” dasturiga tushgan boʻlsa-da, achinarli ahvoldaligi va hozirgi kungacha mutasaddilar tomonidan hech bir ishlar amalga oshirilmayotgani bilan bogʻliq xabar jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda.

Mazkur masala Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olinib, senator S.Suyarova tomonidan masalaning kelib chiqish sabablari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida haqiqatdan ham Paxtakor qishloq fuqarolar yigʻinida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uy-joylarni taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmagan, bundan tashqari bugungi kunda bir qancha uy-joylarida taʼmirlash ishlari boshlanmagani aniqlandi.

“Obod qishloq” dasturiga asosan mazkur qishloq fuqarolar yigʻini hududidagi 101 ta koʻpqavatli uylarni taʼmirlash uchun 8 mlrd. 474 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, davlat rahbarining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarorining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil Jizzax viloyatidagi koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼminlash boʻyicha dastlabki manzilli dastur tasdiqlanib, 5 mlrd. 400 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Dastur doirasida “Abdulaziz Building” MCHJ xizmat koʻrsatayotgan “Paxtakor” QFY xududida joylashgan 101 ta koʻp kvartirali uy-joylar taʼmirlanishi rejalashtirilgan, hozirgi kunga qadar 18 ta uyning tom qismi taʼmirlangan.

“Paxtakor” qishloq fuqarolar yigʻinida taʼminlash ishlari amalga oshmagan 83 ta koʻp qavatli uy joylar joriy yilning 4-chorak yakuniga qadar taʼmirlanishi koʻzda tutilgan.

Ushbu taʼmirlash ishlari domiy nazorat qilib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?