“Paxtakor” tarixda ilk bor Superkubokni qoʻlga kiritdi
Bugun Samarqanddagi “Dinamo” stadionida Oʻzbekiston Superkubogi uchun kechgan uchrashuv bilan mamlakatimizda yangi futbol mavsumiga rasman start berildi.
Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” jamoasi oʻtgan yilgi vitse-chempion Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi maydonga tushdi. Kuchli yomgʻir ostida va murakkab sharoitlarda kechgan bahs taqdirini birgina gol hal qildi. Qanotdan Farrux Sayfiyev jarima maydoniga uzatgan toʻpni himoyachilar eʼtiboridan chetda qoldirilgan Dragan Cheran darvozaga aniq yoʻlladi.
Shu tariqa “Paxtakor” oʻz tarixida birinchi marotaba Oʻzbekiston Superkubogiga ega chiqdi.
Oʻzbekiston Superkubogi — 2021
“Paxtakor” – “Nasaf” – 1:0 (0:0). Samarqand. “Dinamo” stadioni. 5 165 tomoshabin
Hakam: Vadim Agishev
Gol: Dragan Cheran (50, 1:0)
“Paxtakor”: S.Quvvatov, X.Alijonov, Anzur Ismoilov, S.Rashidov, A.Turgʻunboyev (X.Erkinov 90+4), Eren Derdiyok (Sh.Muhitdinov 79), Dragan Cheran, Ye.Krimes, Abrorbek Ismoilov, S.Sobirxoʻjayev (Sh.Temirov 87), F.Sayfiyev.
“Nasaf”: A.Neʼmatov, H.Aliqulov, Gʻ.Gʻaybullayev (J.Mannonov 60), M.Xoʻjamberdiyev (Sh.Komilov 78), X.Norchayev, S.Nurulloyev (Sh.Yoʻldoshev 46), A.Mozgovoy, Sh.Nasrullayev, O.Bozorov, Marko Stanoyevich, U.Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: S.Nurulloyev (12), H.Aliqulov (71) – ikkalasi ham “Nasaf”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring