“Paxtakor” 5 nafar tarbiyalanuvchisi uchun 432 million soʻm oladigan boʻldi
Foto: “Paxtakor”
Poytaxtning “Paxtakor” futbol klubi mahalliy jamoalar bilan ilk professional shartnomalarini imzolagan 5 nafar tarbiyalanuvchisi uchun 432 million soʻm oladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional futbol ligasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12-avgust kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda “Paxtakor” klubining tarbiyalanuvchilari — Otabek Boymurodov (“Buxoro”), Shahzodbek Rahmatullayev (“Qizilqum”), Abubakir Ashurov (“Andijon”), Diyorbek Toʻlaboyev (“Neftchi”) va Muhriddin Fazliddinov (“Xorazm”) uchun mashgʻulot kompensatsiyasi daʼvolari koʻrib chiqilgan.
Qoʻmita qaroriga koʻra, yuqorida ismlari qayd etilgan futbolchilar bilan birinchi professional shartnomani tuzgan klublar (qavs ichida keltirilgan) “Paxtakor”ga umumiy hisobda 432 million soʻm miqdoridagi mablagʻni toʻlab berishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, mashgʻulot kompensatsiyasi — bu futbolchining yangi klubiga oʻtganda, uni tarbiyalagan yoki yoshligidan mashq qildirishga mablagʻ sarflagan klublarga toʻlanadigan puldir. FIFA qoidalariga koʻra, futbolchi 23 yoshgacha boshqa klubga oʻtganda mashgʻulot kompensatsiyasi toʻlanadi. Bu pul 12 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan davr mobaynida futbolchiga qilgan xarajatlari uchun uning sobiq (tarbiyalagan) klublariga taqsimlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring