Paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi
Arxiv surat
Joriy yil 4-dekabrda qabul qilingan Hukumat qaroriga asosan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:
- qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish;
- paxta xomashyosini shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchilardan sotib olish;
- qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish hamda paxta yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.
Paxta-toʻqimachilik klasteri bu boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10-sentyabrgacha YAIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Murojaat Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1-oktyabrgacha koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat qabul qilingach:
- 3 ish kunida Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;
- 5 ish kunida talabgor bilan 30 yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda 25 yilgacha boʻlgan) muddatga bitim tuziladi;
- 3 ish kunida paxta-toʻqimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).
Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri oʻziga biriktirilgan yerlarni shaxslarga 1 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring