Paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi

02:55 04 Noyabr 2021 Jamiyat
1205 0

Hukumatning tegishli qarori bilan quyidagi hududlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 230 soʻmdan ustama haq toʻlanadi:

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida;

Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida;

Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida.

Oʻzbekistonda 2021-yilda qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?