Paxta yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuziladi

12:55 14 Dekabr 2023 Hujjatlar
851 0

“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻtrisida”gi Prezident Farmoni (PF-205, 12.12.2023-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yil hosilidan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va klasterlar oʻrtasida paxta yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida Tovar-xomashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuziladi.

Shuningdek, 2024-yil hosilidan paxta yetishtirish, paxta yigʻim-terimi va xaridini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

— fyuchers shartnomasi tuzgan yetishtiruvchi va urugʻchilik subyektlariga har yili 1-oktyabrdan, paxta yetishtirish uchun –paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda 14 oyga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi;

klasterlarga:

— paxta xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun paxta qiymatining 80 foizigacha yillik 10 foizda 10 oyga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 4 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

— ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda 24 oyga, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr va oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

— ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida yetishtiriladigan paxtaning yigʻim-terimi uchun paxta qiymatining 20 foizigacha yillik 10 foizda 12 oyga, shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr va oxirgi 9 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi;

— fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabr kunigacha amalga oshiriladi.

2024-yil 1-maygacha 2024-yil paxta hosilidan elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta va ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

2024-yil 1-yanvardan:

— klasterlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish;

— klasterlarga nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda ular faoliyati samaradorligi va moliyaviy koʻrsatkichlarini mustaqil tashqi auditdan oʻtkazish choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер