OʻzLiDeP saylovoldi dasturida yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi

16:34 29 Avgust 2024 Jamiyat
264 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahridagi ishga marhamat Monomarkazida OʻzLiDeP saylovoldi dasturi loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda kengash masʼullari, deputatlar, partiyaning “Yoshlar qanoti” faollari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

— Partiyamiz kelgusi besh yillikda yoshlar bandligi va ishbilarmonligini faol qoʻllab-quvvatlaydi, — dedi OʻzLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abdulla Aslanov. — Ishsiz yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish, korxonalar buyurtmasi asosida kasbga tayyorlash amaliyotini joriy qilish, har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil qilishga erishish va ushbu markazlarni yoshlarimiz uchun chinakam “loyihalar fabrikasi”ga aylantirish koʻzda tutilmoqda.

Partiya saylovoldi platformasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun mikromoliyalash xizmatlarini kengaytirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlardan keng foydalanish uchun imkoniyatlar yaratish, oʻz biznesini ijaraga olingan binoda boshlayotgan yoshlarimizga bir yillik ijara xarajatining 50 foizi qoplab berish, talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan malaka tizimini rivojlantirish kabi vazifalar ham belgilangan.

Uchrashuv davomida partiya saylovoldi dasturi loyihasiga bir qator takliflar bildirildi.

Maktablarida 153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uchun toʻlanadigan mablagʻ miqdorini koʻpaytirish, 2030-yilgacha qoʻshimcha 2,5 million oʻquvchi oʻrnini yaratgan holda taʼlim sifatini tubdan yaxshilash va ilm-fanga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2030-yilgacha 10 barobar oshirish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan “Karyera va stajirovka markazlari” faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun har bir mahallada “Mustaqil rivojlanish” markazlari tashkil etish kabi takliflarning partiya saylovoldi dasturi loyihasidan oʻrin olayotgani maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер