O‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq to‘lash muddati uzaytirildi

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisida oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq ayrim masalalar muhokama qilindi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar masʼullari, ekspertlar, mahalliy Kengashlarning yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari komissiyalari vakillari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirok etdi.
Majlis davomida aholini oʻzini oʻzi band qilish tizimi, xususan, fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash orqali pensiya uchun zarur mehnat stajini hisobga olish holati oʻrganilib, bu borada aniqlangan muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.
Parlament soʻroviga asosan, Soliq kodeksining 408-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash muddati hisobot yilining 31-dekabriga qadar uzaytirildi. Shuningdek, qonun hujjatlarida ayrim muammolar mavjudligi va ularning hali toʻliq hal etilmaganligi qayd etildi. Xususan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq miqdori belgilangan summadan kam boʻlganda mehnat stajini hisoblash tartibi va ortiqcha toʻlangan soliq mablagʻlarini qaytarish mexanizmi hali ishlab chiqilmaganligi taʼkidlandi.
Majlis yakunida mazkur masalalarni tez fursatda bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring