Oʻzimizda chiqadigan bazalt mahsulotlari ham ichki ehtiyojni, ham tashqi talabni toʻliq qoplashga yetarli — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yigʻilishda iqtisodiyot tarmoqlarida oʻzimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanishni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Masalan, oʻzimizda chiqadigan bazalt mahsulotlari ham ichki ehtiyojni, ham tashqi talabni toʻliq qoplashga yetarli.
Mahalliy bazalt mahsulotlarini xalqaro sertifikatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish, qurilish, irrigatsiya va kommunal xoʻjaligidagi qurilish normalarida bazalt mahsulotidan foydalanishni koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan olim va mutaxassislarni olib kelib, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga koʻrsatma berildi.
Davlatimiz rahbari elektr jihozlari chiqarishni yoʻlga qoʻygan “Mono elektrik” korxonasining kasanachilik asosida 250 nafar koʻzi ojizlarni ish bilan taʼminlash rejasini namunali tajriba sifatida qayd etdi.
“Bu – ular uchun ham doimiy daromad manbai, ham jamiyatda oʻz oʻrnini topishga imkon”, — dedi Prezident.
Mutasaddilarga bu borada Jizzax tajribasini yoʻlga qoʻyish, shu kabi kasanachilik loyihalarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring