“Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 5-9-fevral kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Bu haqda “Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish eʼlon qildi.
Unga koʻra, ushbu kunlarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli sababli quyidagi hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi:
• Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi togʻlari);
• Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring