“Oʻzgidromet” kuchli shamol va chang-toʻzonlardan ogohlantirdi

13:32 25 Fevral 2026 Jamiyat
214 0

Illyustrativ foto

Bugun, 25-fevral kuni Oʻzbekistonning 9 ta viloyatida kuchli shamol esishi, chang-toʻzon kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Unga koʻra, bugun kunduz kuni Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida kechga tomon shamol tezligi 12-15 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Prognozlarga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, shimolda ham yomgʻir, qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida esa kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 18-23 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari ham yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер