Oʻzbek—tojik chegarasidan olib oʻtilgan jami 111 kg “ajal ogʻusi” musodara qilindi
Foto: Videodan kadr
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda mamlakatga Tojikiston hududidan olib oʻtilgan jami 111 kilogramm narkotik modda musodara qilindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Panjikent tumanidan aylanma yoʻllar orqali 10 kilogramm 894 gramm opiy moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari — 1980, 1982, 1989-yillarda tugʻilgan uch nafar aka-uka qoʻlga olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi boʻlgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 43 yoshli ayol ham ushlanib, uning yashash xonadonida saqlanayotgan 13 kilogramm 85 gramm opiy moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Boshqa holatda esa oʻzbek—tojik davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumani, Turon MFY hududidan oʻtuvchi qismida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Mastchox tumanidan Bekobod tumaniga oqib oʻtuvchi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan uch dona yelim idishdagi jami 8 kilogramm 381 gramm opiy va 59 kilogramm 296 gramm gashish moddalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish maqsadida chegara hududiga kelgan vaqtlarida Bekobod shahri va tumanida istiqomat qiluvchi 1985, 1989, 1996 va 1997-yillarda tugʻilgan toʻrt nafar fuqaro qoʻlga olingan. Taʼkidlanishicha, ulardan ikki nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, oʻzbek—tojik davlat chegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi ichida 3 kilogramm 942 gramm opiy va 15 kilogramm 473 gramm gashish moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda aniqlangan holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring