Oʻzbekistonning JARdagi birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda JAR Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 2-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xoʻjayev mamlakat Prezidenti Siril Ramafosaga ishonch yorliqlarini topshirgan. Mazkur uchrashuv Pretoriya shahrida joylashgan Sefako Makgato prezident mehmonxonasida boʻlib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, Ashraf Xoʻjayev 2024-yil 11-fevralda Oʻzbekistonning Qatardagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. 44 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.
U Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi faoliyatini 2005-yilda referent sifatida boshlagan. Oʻtgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
Xoʻjayev 2018-yildan TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshligʻi va direktori lavozimlarida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring