O‘zbekistonning Xalqaro metrik konvensiyasiga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi
Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktyabrdagi, 1913-yil 11-oktyabrdagi va 1921-yil 6-oktyabrdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi barcha davlatlar uchun o‘lchovlar birligini ta’minlaydigan umumiy va ishonchli standartlar yaratish, milliy etalonlarni xalqaro prototiplar bilan qiyoslash va o‘zaro tan olish imkonini beruvchi yagona tizimni shakllantirishdan iborat.

Ta’kidlanganidek, Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlarning metrologik standartlar birligini ta’minlash, shu jumladan, etalonlar va aniqlik shkalalarini solishtirish, geodezik o‘lchovlarni solishtirish va kalibrlash, milliy etalonlarni xalqaro prototiplarni etalonlari bilan davriy solishtirish hamda xalqaro prototiplarni saqlash kabi muhim masalalar nazarda tutilgan.
Senatorlar tomonidan qayd etilishicha, mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi faoliyatida faol ishtirok etishi, ovoz berishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bu Byuroning ilmiy va texnik laboratoriyalaridan foydalanish va yetuk mutaxassislarning malakalarini oshirishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, unga a’zo bo‘lish mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga, investisiyalar jalb etuvchanligini oshirishga, eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Byuroga a’zo davlatlar o‘rtasidagi navbat asosida Byuro laboratoriyalarida etalonlarni qo‘shimcha xarajatlarsiz kalibrlashdan o‘tkazish va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yo‘lida tashqi savdo aloqalarini olib borishda texnik to‘siqlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun ma’qullandi.





Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring