Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

14:43 22 Iyun 2025 Dunyo
248 0

Isroildagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Tel Avivdagi Oʻzbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat qilib, ehtiyotkorlikni oshirishga hamda raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) matbuot xizmati xabariga koʻra, bugun, 22-iyun soat 3:45 dan 23-iyun 8:00 gacha mamlakatda xavfsizlik boʻyicha yangi cheklovlar joriy etgan.

Shunga muvofiq:

  • ilgari “cheklangan faoliyat” deb belgilangan hududlarda endi “zarur hollarda faoliyat” tartibi joriy qilindi;
  • barcha taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini toʻxtatadi;
  • barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan tarmoqlar bundan mustasno;
  • ish joyiga borish taqiqlanadi.

“Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, mamlakatda boʻlish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz”, deyiladi elchixona bayonotida.

Shuningdek, fuqarolardan rasmiy maʼlumotlardan xabardor boʻlib borish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер