Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi “GSP+” preferensiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini olishi Fransiya bilan oʻzaro savdo uchun yangi ufqlarni ochadi — Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov

11:59 08 Oktyabr 2021 Siyosat
623 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Aurelia Bushezni qabul qildi.

Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, vazir uni masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi Oʻzbekiston va Fransiya munosabatlarini yanada yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qilishiga umid bildirildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, avval turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni koʻrib chiqildi. Siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning fikricha, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi “GSP+” preferensiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini olishi Fransiya bilan oʻzaro savdo uchun yangi ufqlarni ochadi.

Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?