Oʻzbekistonning eksport geografiyasi 16 ta davlatga koʻpaydi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida xalqaro vaziyat kun sayin oʻzgarib borayotgani, yildan yilga takrorlanayotgan ob-havo injiqliklari, “anomal issiq” va “anomal sovuq” degan tushunchalar odatiy holga aylanib ulgurganiga eʼtibor qaratdi.
Bunday qaltis sharoitda har bir eksport bozori mamlakatimiz uchun oʻta muhimligi, kerak boʻlsa, bu – iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois soha masʼullari va hokimlar ob-havoni bahona qilavermasdan, sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga oʻtishi zarurligi qayd etildi.
Oʻtgan 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foiz oʻsib, 1 milliard 326 million dollar boʻldi. Eksport geografiyasi 16 ta davlatga koʻpaydi.
Shu bilan birga, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari, Qoraqalpogʻiston meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportining surʼati boʻyicha qolgan hududlardan ortda qolyapti. Navoiy viloyati esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichlariga ham chiqa olmadi.
Ushbu hududlar va ularga Hukumatdan biriktirilgan vakillar bu boradagi ishlarini faollashtirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring