Oʻzbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli shaxmatchilari bir kunda “Magʻlublar yoʻlagi”ga tushib ketdi
Las-Vegas shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turnirining uchinchi bosqichi boshlandi. Bu musobaqa shaxmatning anʼanaviy qoidalariga oʻzgacha yondashuvni talab qiladigan, innovatsion formatdagi bellashuvlardan iborat boʻlib, jahonning eng kuchli grossmeysterlarini bir joyga jamlagan. Unda Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etmoqda.
Tungi sessiyada oʻtkazilgan guruh bosqichi bellashuvlarida yurtdoshlarimiz “Oqlar guruhi”da muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 7 tadan oʻyin oʻtkazib, har biri 4,5 ochkodan toʻplashga muvaffaq boʻldi. Bu natija ularga pley-off — gʻoliblar yoʻlidagi chorak final bosqichiga yoʻl olish imkonini berdi.
Chorak finalda Nodirbek Abdusattorov Hindiston shaxmat maktabining yosh va isteʼdodli vakili Arjun Erigaisiga qarshi bellashdi. Ikkita partiyadan iborat duelda Nodirbek 0,5 : 1,5 hisobida magʻlubiyatga uchradi va musobaqaning gʻoliblar yoʻlidan chiqib ketdi. Javohir Sindarov esa amerikalik Hans Niyemannga qarshi dona surdi. Asosiy ikki partiyada natija 1:1 hisobida yakunlandi. Ammo tay-brek bahslarida Javohir 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, ikki hamyurtimiz ham chorak finalda oʻz yurishlarini toʻxtatishdi va musobaqaning gʻoliblar yoʻlidan chiqarildi. Endi ular musobaqada magʻlublar yoʻli orqali oʻz ishtiroklarini davom ettiradilar. Bu yoʻl orqali ham asosiy finalga chiqish imkoniyati mavjud boʻlib, ulardan keyingi bellashuvlarda yuqori natijalar kutilmoqda. Yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring