Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida sel kelishi xavfi eʼlon qilindi

13:14 07 May 2025 Jamiyat
196 0

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 8-11-may kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu sanalarda yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sabab Oʻzbekiston hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Quyidagi hududlarda istiqomat qiluvchi yoki oʻsha marshrutda safar rejalashtirgan fuqarolar ogohlikka chaqirilgan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер