Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

20:03 22 Aprel 2025 Jamiyat
233 0

Joriy yilning 23-24-aprel kunlari Oʻzbekiston boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shu sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Agentlik xabariga koʻra, quyidagi 6 viloyat hududlarida:

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

“Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agentlik respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?