Oʻzbekistonning 15 ta shahrida Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 13-noyabr kuni mamlakatimizning 15 ta shahrida 50 mingdan ziyod yuguruvchi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi arafasida Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqa Markaziy Osiyoda tashkillashtirilgan eng ommaviy sport tadbirlaridan biriga aylandi.
“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qoʻqon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch, Fargʻona va Chirchiq aholisi ishtirok etdi.
Eʼtiborlisi, shu kuni turli yoshdagi minglab insonlar respublika bayrogʻi ostida birlashdi. Toshkent shahrida ushbu musobaqa birdaniga uchta manzilda tashkil etildi: tajribali yugurish havaskorlari “Yangi Oʻzbekiston” parkida birlashgan boʻlsa, “Ashxobod” sayilgohida oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazildi hamda besh mingga yaqin yugurish havaskorlari Humo Arena maydonida toʻplandi.
Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlarining musobaqalar trassasi boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻining 40 metrlik matosi bilan masofani bosib oʻtishi eng yorqin lahzalardan biriga aylandi.
Taʼkidlash kerakki, tashkilotchilar imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilar uchun trassa xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdi.
Maʼlumot uchun, 85 ta oliy oʻquv yurtidan 27 mingdan ziyod talaba Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishga muvaffaq boʻldi. Hamma ishtirokchilarga bayram ramzi tushirilgan futbolkalar, gʻoliblarga esa esdalik medallari va sovgʻalar topshirildi.
Sport hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Sport sohasidagi yutuqlar, shubhasiz, barcha fuqarolarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash uchun xizmat qiladi, respublikamiz bayrogʻi esa xalq birligi timsolidir.
Musobaqa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring