Oʻzbekistonliklar Serbiyaga yuqori maoshli ishga taklif qilinmoqda
Serbiyaning ogʻir sanoat boʻyicha kompaniyasi Oʻzbekiston fuqarolari ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.
Togʻ-kon sohasiga taklif etilayotgan ish uchun oylik maosh 2083 yevroni tashkil etadi.
Talabgorlar 25-45 yoshda boʻlishi, mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr diplomiga, 3-yildan 5-yilgacha tajribaga ega boʻlishi lozim. Shuningdek ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila olishi kerak.
Haftada 6 ish kuni boʻlib, 2083 yevro ish haqidan tashqari bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Ishchilar bepul yashash joyi bilan taʼminlanib, tibbiy sugʻurta qilinadi. Ishchi viza rasmiylashtirishda yordam ham beriladi.
Quyidagi havola orqali ish oʻrni boʻyicha toʻliq maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish 29-iyul 23:59 ga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring