Oʻzbekistonliklar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga tayyor — Tadqiqot

22:16 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
229 0

2021-yil 24-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi. Davlat va jamiyat hayotidagi ushbu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea istiqbolda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan yanada rivojlanishi uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi 2021-yilning may — oktyabr oylari davomida turli usullar bilan jamoatchilik fikri soʻrovlari, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalarining (veb-saytlar) monitoringi kontent-tahlilini qamrab olgan kompleks sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak saylovga bagʻishlangan tadqiqotlarning barcha bosqichlarida 7800 nafardan ortiq oʻzbekistonliklar ishtirok etdilar.

“Ijtimoiy fikr” RJFOʻM tomonidan oʻtkazilgan kompleks tadqiqotlar natijalari soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyatining asosiy — mamlakat Prezidenti — institutini demokratik tamoyillar asosida, amaldagi qonun hujjatlari talablari va umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarga toʻliq mos ravishda shakllantirishda ishtirok etish huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini tasdiqlamoqda.

Oʻtkazilgan jamoatchilik fikri soʻrovlarining natijalari shundan dalolat beradiki, oʻzbekistonliklarning mutlaq koʻpchiligi Prezident saylovini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea, deb hisoblaydi va ovoz berishda ishtirok etish zarurligini anglaydi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak saylov va uning oʻtkazilish sanasi haqida xabardorlikning yuqori darajasini namoyon etmoqda.

Ijtimoiy-siyosiy hayotga va umuman siyosatga boʻlgan qiziqish siyosiy ongning siyosiy bilimni shakllantirish, muayyan siyosiy moyilliklar va yoʻnalishlarni ongli ravishda tanlash hamda prezidentlikka boʻlajak saylovlarda ishtirok etishga zamin yaratuvchi asosiy tavsifi hisoblanadi.

Elektoral tadqiqotlar natijalari monitoringi shuni koʻrsatdiki, Prezidentlikka boʻlajak saylov fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga integratsiyalashuvi darajasini oshirishga xizmat qiladi, Prezident saylovini oʻtkazish sanasi yaqinlashgani sayin, mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotiga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni ortib bormoqda hamda mamlakatda ushbu sohada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni kuzatib bormayotgan respondentlarning foizi kamaymoqda.

Jamoatchilik fikri soʻrovi davomida Oʻzbekiston Prezidentligiga boʻlajak saylovda ishtirok etishga aholi tayyorligining yuqori darajasi aniqlandi: oʻzbekistonliklarning koʻpchiligi oʻzlarining shaxsan taʼkidlashlaricha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining boʻlajak saylovida ishtirok etishga tayyor.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari koʻrsatganidek, jamoatchilik fikrida mamlakat Prezidentligiga boʻlajak saylovlarning muhimligini va fuqarolarning ovoz berishda shaxsan ishtirok etishi zarurligini anglab yetish ustuvorlik qilmoqda. Bevosita yuzma-yuz usuldagi soʻrov ishtirokchilari boʻlgan 89,2% fuqarolar va telefon soʻrovining 87,4% ishtirokchilari fikriga koʻra, Prezident saylovida ovoz berishda ishtirok etish oʻzbekistonliklar uchun mamlakat, jamiyat, har bir fuqaro hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi va ular demokratik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, hayotning barcha sohalarini modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, Oʻzbekiston xalqining farovonligini oshirish jarayonlarini ushbu voqea bilan bogʻlamoqdalar.

Umuman olganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi – 2021” mavzusidagi jamoatchilik fikri kompleks soʻrovlarining natijalari fuqarolarning ijobiy ijtimoiy kayfiyatlari yuqori darajadaligi va oʻzbekistonliklarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga tayyorligini aniqlab berdi.

“Ijtimoiy fikr” RJFOʻM tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha oʻtkazilgan jamoatchilik fikri soʻrovlari mamlakat Prezidentligiga boʻlajak saylovda aholining yuqori elektoral faollik namoyish etishini prognoz qilish imkonini beradi, chunki tadqiqotlarning barcha bosqichlari yakunlanayotgan vaqtda aksariyat oʻzbekistonliklar 2021-yil 24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak saylovda ishtirok etishga tayyorligini bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?