Oʻzbekistonlik ziyoratchilar juma namozini paygʻambarimizning muborak masjidida oʻqidilar
Foto: "Xalq so'zi"
“Xalq soʻzi” maxsus muxbiri Said Rahmonov Saudiya Arabistonining Madina shahridan xabar qiladi.
Bugun Madina shahri ziyoratchilar bilan yanada gavjumlashdi. Buning birinchi sababi, hajga keluvchilar soni kun sayin ortayotgan boʻlsa, ikkinchisi, juma namozini Paygʻambarimizning muborak masjidida oʻqish umidida yaqin atrofdan kelgan namozxonlarning koʻpayganligidir.
Oʻzbekistonlik ziyoratchilar ellikboshilar koʻmagida haj ibodatlarini ado etishmoqda.
- Bu joyga hamma ham kelavermaydi, Olloh suygan bandalarinigina chaqiradi, -deydi samarqandlik otaxon Egamberdi Mahmatqulov. - Halol mehnat qilib, bogʻ yaratdim, odamlarning koriga yaradim. Mana, 84 yoshimda bir umrlik orzuim ushaldi. Bundan juda xursandman. Yurtimiz tinch va obod boʻlib, hammani shu kunlarga yetkazsin.
Yurtimiz ziyoratchilari joylashgan mehmonxonaning shundoq roʻparasidagi “Masjid an-Nabaviy” juma namoziga bir necha soat avval namozxonlar bilan toʻldi. Xususan, yurtimizdan kelgan ziyoratchilar juma namozini Rasulullohning muborak masjidida ado etib, yurtimiz ravnaqini Yaratgandan soʻrab duo qildilar.
- Bu masjidda namoz oʻqishlikning fazli boshqacha, - deydi Namangandan kelgan otaxon Abdumutal Kamolov. - Chunki bu yerdagi bir namoz boshqa masjidlardagi ming namozga tengligi haqida hadislar bor. Haj amalini bajarish uchun Madinaga kelganimdan, birinchi juma namozini “Masjid an-Nabaviy”da oʻqiganimdan judayam baxtiyorman.
Yurtimizdan Madinaga haj ibodati uchun ziyoratchilarning kelishi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring