Oʻzbekistonlik harbiylar Fransiyada oʻtkaziladigan regbi-7 turi boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Joriy yil 14-21-iyun kunlari Fransiyaning Ajen shahrida sportning regbi-7 turi boʻyicha harbiylar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari qatnashadi.
Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Kamerun, Gruziya, Avstraliya, Niderlandiya va Kot-dʼIvuar terma jamoalari musobaqada gʻoliblik uchun bahs solib borishadi.
Erkaklar oʻrtasida musobaqada ishtirok etadigan jamoalar 2 guruhga boʻlingan holda bahslarga kirishishadi:
Birinchi guruhda:
Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Ispaniya, Kot-dʼIvuar, Fransiya.
Ikkinchi guruhda:
Buyuk Britaniya, Kamerun, Gruziya, Niderlandiya va Avstraliya.
Ayollar oʻrtasida musobaqada ishtirok etadigan terma jamoalar roʻyxati quyidagicha:
Fransiya, Oʻzbekiston, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Avstraliya.
Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari asosan harbiylardan tashkil topgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring