Oʻzbekistonlik rapirachilar Jahon kubogi sovrindori boʻldi

23:07 10 Dekabr 2021 Sport
1551 0

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda. Bugun, 10-dekabr kuni oʻzbekistonlik rapirachilar jamoaviy dasturda shohsupaga koʻtarildi.

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan qilichbozlarimiz ukrainalik yoshlarga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda gʻalaba qozonib, uchinchi oʻringa sazovor boʻldi. Polsha va Rossiya jamoalari oʻrtasida kechgan raqobatda polyaklarning qoʻli baland keldi.

Jahon kubogi, yoshlar.

Rapira, jamoaviy:

1. Polsha

2. Rossiya

3. Oʻzbekiston

Shuningdek, bugun shpaga boʻyicha yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unda misrlik Muhammad Al Said oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shpaga, yakkalik

1. Muhammad Al Said (Misr)

2. Vladimir Talasov (Rossiya)

3. Kirill Gurkov (Rossiya)

3. Nikita Koshman (Ukraina)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?