Oʻzbekistonlik para dzyudochi tarixiy natijani qoʻlga kiritildi
Foto: O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi
Germaniyaning Xeydelberg shahrida para dzyudo boʻyicha IBSA xalqaro Gran-pri turniri boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, xotin-qizlar oʻrtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida Uljon Amriyeva barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz finalda xitoylik Shi Yijieni magʻlub etdi.
Ushbu oltin terma jamoamizning joriy musobaqadagi dastlabki oltin medali boʻlish bilan bir qatorda, J1 klassida (koʻzi ojizlar) oʻzbekistonlik para dzyudochilar tomonidan Gran-pri turnirlarida qoʻlga kiritilgan birinchi oltin medal sifatida ham tarixdan joy oldi.
Eʼtiborlisi, erkaklar oʻrtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Dovurxon Karomatov ham barcha raqiblarini magʻlub etgan holda oltin medalga sazovor boʻldi.
Bundan tashqari, xalqaro turnirda J-2 klassida 73 kg. vazn toifasida bahslarda qatnashgan Feruz Sayidov kumush, Uchqun Quranboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ushbu yoʻnalishda Sherzod Namozov (-60 kg), Kumush Xodjayeva (-57 kg), Mohinur Parmonova (+70 kg) bronza kuchli uchlikdan joy oldi.
Yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza — jami 7 ta medalni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik sportchilar 50 yaqin davlat vakillari ichida musobaqani umumjamoa hisobida 4-oʻrinda yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring