Oʻzbekistonlik oʻquvchilar ilk marotaba oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etishmoqda

13:23 05 Iyun 2023 Jamiyat
366 0

Ayni damda 8 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchilar Mongoliyada oʻtkaziladigan Osiyo fizika olimpiadasi ((APhO)da ishtirok etishmoqda.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

Javohir Sultonov — Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi;

Jasurbek Gʻulomjonov — Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktabning 11-sinf oʻquvchisi;

Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, Toʻlqin FM NTM, 11-sinf oʻquvchisi;

Jaloliddin Boymahammadov — Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi;

Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi;

Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumani, ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi;

Azizbek Eshmoʻminov — Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani 12-IMI, 11-sinf oʻquvchisi;

Javohir Sadullayev — Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi.

Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasi ((APhO)ga Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?