Oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining Koreyaga kirishi tiklanishi aytildi

22:31 31 Oktyabr 2021 Siyosat
1235 0

Bunda, birinchi navbatda toʻliq emlashdan oʻtgan 4 yilu 10 oy Koreya Respublikasida bir korxonada ishlab qaytgan fuqarolarni kiritish koʻzda tutilganligi maʼlum qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining vitse-prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi jarayonlarini bosqichma-bosqich tiklash masalasi koʻtarildi.

Dastavval Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus bilan kunlik zararlanish holatlari kamayganligi hamda yurtimizdagi mavjud vaksina turlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Vitse-prezidentning soʻzlariga koʻra, hozirda Oʻzbekiston Respublikasidan mehnat migrantlari kirib kelishini qisman tiklash rejalashtirilmoqda. Bunda, birinchi navbatda toʻliq emlashdan oʻtgan 4 yilu 10 oy Koreya Respublikasida bir korxonada ishlab qaytgan fuqarolarni kiritish koʻzda tutilganligi maʼlum qilindi.

Oʻz navbatida, mehnat migrantlarining Koreya Respublikasiga muntazam kirib kelishini taʼminlashda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish muhim oʻrin egallashi taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda tanlovlar bazasida muddat qoʻshib berilgan fuqarolarga ikkinchi bor muddat qoʻshib berish boʻyicha ham muzokaralar olib borildi va mazkur masala Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan yaqin kunlarda koʻrib chiqilishi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?