Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Germaniyadagi olimpiadada nemis tilidan oltin medal oldi
Foto: DW
Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Rayona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida oʻtkazilgan jahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Olmoniyaning eng mashhur “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 15-22-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada 62 davlatdan yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Rayona birinchi oʻrinni yolgʻiz oʻzi egallamadi, xususan, bangladeshlik Mahek Xon va Shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska ham oʻzbek qizi bilan bir xil natija koʻrsata olishgan.
Gyote Instituti tomonidan oʻtkazilgan turnirda kumush va bronza medallari Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniyadan kelgan ishtirokchilarga nasib qilgan. Final bosqichida 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Ibrohimova turli vazifalarni, jumladan, nemis tilida onlayn sahifa yaratish, taqdimotlar oʻtkazish va guruh bilan ishlashda muvaffaqiyat qozonib, hakamlar eʼtirofiga sazovor boʻla olgan. “16 yoshli Rayona Germaniyadagi universitetlardan birida nemis tilini oʻrganishni va tarjimon boʻlishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Butunjahon nemis tili olimpiadasi har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi va u butun dunyo boʻylab maktablarda nemis tilini oʻrganishni rivojlantirishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring