Oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi olimpiada yarim finaliga yoʻl oldi
Foto: worldrowing.com
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Olimpiadaning beshinchi kuni omadli boshlandi.
Xususan, akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlamoqda.
Hamyurtimiz chorak final startida oʻz guruhida 2-boʻlib marraga yetib keldi. Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oldi.
Litvalik sportchi Viktoriya Senkute ushbu guruhda yetakchilik qilmoqda, avstriyalik Magdalena Lobnig esa oʻzbekistonlik sportchidan keyin finishga yetib keldi.
Avvalroq, bugungi yurtdoshlarimizning maydonga chiqish vaqtlari haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring