Oʻzbekistonlik ayol Turkiyadagi otishmada halok boʻldi
Illyustrativ foto
Turkiyada oʻzbekistonlik ofitsiant ayol otishmada boshiga oʻq tegib, halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5-iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan, 35 yoshli oʻzbekistonlik ayol otishma oqibatida bosh qismidan ogʻir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan boʻlib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring