Oʻzbekistonlik 18 yoshli isteʼdodli futbolchi legionerga aylandi
Serbiyaning “Yedinstvo UB” klubi Amirbek Saidov bilan shartnoma imzolanganini eʼlon qildi. Ushbu klub oʻtgan mavsum Serbiya Birinchi ligasida 30 oʻyinda 52 ochko jamgʻargan holda Gʻarbiy mintaqada ikkinchi oʻrin bilan Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Maʼlumot uchun, 18 yoshli Amirbek “Bunyodkor” libosida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol urgan. Shuningdek, 18 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzini koʻrsata olgan va turli klublar eʼtiboriga tushgan edi.
“Yedinstvo UB” — Serbiyaning Ub shahrida joylashgan futbol klubi boʻlib, 1920-yilda tashkil etilgan. Uy uchrashuvlarini klub 3 ming tomoshabinga moʻljallangan “Stadion Dragan Djajich”da oʻtkazishadi.
Klubning eng yorqin yutuqlaridan biri bu 2017-2018-yilgi mavsumda Gʻarbiy Serbiya ligasida gʻalaba qozonish boʻlib, bu ularga Serbiya birinchi ligasiga chiqish imkonini bergandi.
Avvalroq, Abbosbek Fayzullayevning ispan klubiga oʻtishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring