Oʻzbekistonga Turkiya fuqarolari koʻproq qaysi maqsadda tashrif buyuryapti?

2025-yilning yanvar—aprel oylarida Oʻzbekistonga Turkiyadan kelgan turistlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida 49,4 ming nafar Turkiya fuqarosi mamlakatimizga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 18 ming nafarga, yaʼni 57,4 foizga koʻpdir.
Turkiya fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishiga turli maqsadlar sabab boʻlgan. Jumladan, 19 ming 462 nafar kishi xizmat safari doirasida kelgan. Sayyohlik maqsadida kelganlar soni 16 ming 260 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, 13 ming 407 nafar turkiyalik qarindoshlarini yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Qolaversa, 154 nafar fuqaro tijorat ishlari uchun kelgani qayd etilgan. Oʻqish maqsadida kelganlar soni 123 nafarni, davolanish uchun kelganlar esa 20 nafarni tashkil etgan.
Umuman, Turkiyadan kelayotgan mehmonlar soni ortib borayotgani mamlakatimiz turizm sohasidagi faoliyatning kengayib borayotganini koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring