Oʻzbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” agentligi 26-30-may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonga hafta davomida salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Agentlikka koʻra, markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Xususan, 27-may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
26-may kuni kunduzi havo harorati 27-32 daraja, ertaga 22-25 daraja, 28-30-mayda 25-30 daraja, baʼzi joylarda 32 darajagacha boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqini xavfi bor.
Toshkent shahrida 26-may kuni harorat 29-31 daraja boʻladi. 27-mayda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 23-25 daraja boʻladi.
28-may, chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 28-30 daraja boʻladi. 29-30-may kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29-mayda kechga tomon, 30-mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol vaqti-vaqti bilan 12-14 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring