Oʻzbekistonga Erondan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi. Hafta oxirida esa ob-havo keskin oʻzgaradi

15:54 15 Fevral 2021 Jamiyat
1350 0

“Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, 16-fevraldan 18-fevralgacha Eron hududlarining janubidan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi. Respublika boʻyicha mutlaq iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kundan kunga koʻtariladi va havo kechalari 10-13° iliqqacha, kunduz kunlari 25-28° iliqqacha, janubda 30° iliqqacha koʻtariladi. 18-fevral kuni eng issiq kun boʻlishi kutilmoqda. Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 13-15° ga koʻp boʻladi va meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan koʻp boʻladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin oʻzgarishi kutilmoqda. Juma kuni Oʻzbekiston hududlariga Rossiyaning Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam antitsiklon kirib keladi. Respublikada bulutlilik koʻpayishi kutilmoqda, front oʻtishida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati hali iliq boʻladi va kechasi 10-15° iliqni, kunduz kuni 18-23° iliqni tashkil etadi.

Shanba kuni antitsiklon Oʻzbekistonning barcha hududlariga kiradi. Respublikaning koʻp qismida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda esa yogʻingarchilik toʻxtaydi. Havo harorati pasayadi, kechasi va kunduzi 8-13° iliq atrofida boʻladi, harorat shu kunning meʼyoriy qiymatlariga yaqinlashadi.

18-19-fevral kunlarida bosim oʻzgarishida respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-18-fevralda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер