Oʻzbekistonga eng koʻp choy qaysi davlatdan keltirilmoqda?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan yurtimizga 5,8 ming tonna choy import qilingan.
Shu yilning ilk ikki oyida chet davlatlardan keltirilgan choyning qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng boʻldi. Eng koʻp choy Xitoy davlatidan import qilingan boʻlib, 4 720,5 tonna tashkil etdi.
Choy eng koʻp keltirilgan davlatlar reytingida ikkinchi oʻrda 360,3 tonna bilan Eron turibdi. Undan keyin Keniya (160,6 tonna), Rossiya (130,9 tonna), Hindiston (99 tonna) va BAA (72,6 tonna) joy olgan.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil davomida Oʻzbekistonga 50,6 million dollariga teng boʻlgan 33 378 tonna choy import qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring