Oʻzbekistonga 8 oyda 1,9 mln. dona telefon import qilingan

11:11 28 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
795 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan.

Oʻzbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1,4 mln. dona;

— BAA – 239 ming dona;

— Vyetnam – 148 ming dona;

— Hindiston – 127 ming dona;

— Qozogʻiston – 25 ming dona;

— Koreya – 2,1 ming dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер