Oʻzbekistondagi AES qurilishida ishtirok etayotgan mahalliy mutaxassislar xorijda amaliyot oʻtaydilar

17:15 11 Mart 2020 Iqtisodiyot
856 0

Bu haqda bugun Atom energetikasini rivojlantirish agentligida “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” (Janubiy Koreya) kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

Chet ellik hamkorlar Oʻzbekistonda atom energiyasini tinchlik yoʻlida rivojlantirish, shuningdek, bu sohada qonunchilikni yana-da takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv chogʻida 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreyaga qilgan tashrifi yakunida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar hamda Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatishga doir masalalar muhokama qilindi.

Suhbat davomida atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish hamda “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyalari AESlarni qurish loyihalarida ishtirok etayotgan boshqa davlatlarda Oʻzbekistonlik quruvchilarning amaliyot oʻtashlarini tashkillashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyasi barcha energetika va sanoat yoʻnalishlarini qamrab olgan, muhandislik va quruvchilik ishlari bilan shugʻullanadigan dunyo boʻyicha qurilish sohasida eng yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Xususan, ushbu kompaniya Janubiy Koreya (15 reaktor) va xorijiy davlatlar (BAAda 4 reaktor)dagi AESlarning 65 foizini qurishda bosh pudratchi sifatida faoliyat olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер