Oʻzbekistonda yozgi mavsum uchun tonirovkaga chegirma taklif etildi
Foto: avtosteklo.top
Ichki ishlar vazirligi tomonidan avtomashinalarning orqa va yon oynalariga tonirovka qilishga qisqa muddatli ruxsatnomalar berish tartibini joriy etish boʻyicha hujjat muhokamaga qoʻyildi. Unga koʻra, M1 toifaga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun har yili 1-maydan 31-avgustgacha boʻlgan davr mobaynida ruxsatnomalar uchun alohida – chegirmali tartib amal qilishi mumkin.
Ruxsatnoma narxlari qanday boʻladi?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: 1 BHM (412 ming soʻm)
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun: 5 BHM (2 mln 60 ming soʻm)
Yillik ruxsatnomalar narxi oʻzgarishsiz qoladi:
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: 8 BHM (3 mln 296 ming soʻm)
Xorijiy yuridik shaxslar uchun: 14 BHM (5 mln 768 ming soʻm)
Loyiha jamoatchilik muhokamasi 2025-yil 22-avgustgacha davom etadi.
Eslatma: M1 toifasiga kiruvchi transport vositalari — haydovchidan tashqari 8 tagacha oʻrindiqqa ega boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan yengil avtomashinalardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring