Oʻzbekistonda yana qariyb 200 kishida koronavirus aniqlandi

17:53 30 Sentyabr 2020 Jamiyat
800 0

2020-yil 30-sentyabr soat 17:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 717 (+198) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
148 nafari Toshkent shahrida,
25 nafari Jizzax viloyatida,
17 nafari Andijon viloyatida
8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:
Toshkent shahrida 234 nafar,
Toshkent viloyatida 47 nafar,
Namangan viloyatida 27 nafar,
Jizzax viloyatida ham 27 nafar,
Andijon viloyatida 20 nafar,
Samarqand viloyatida 12 nafar,
Xorazm viloyatida 9 nafar,
Navoiy viloyatida 8 nafar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 53 366 (+396) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 881 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер