Oʻzbekistonda yana bir xalqaro hujjat ratifikatsiya qilinadi
Oʻzbekiston bugungi kunga qadar Xalqaro mehnat tashkilotining toʻla huquqli aʼzosi sifatida, mazkur tashkilotning 18 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Ushbu xalqaro hujjatlarda belgilangan xalqaro normalar va qoidalarga sobitqadamlik bilan rioya qilib kelmoqda.
Ushbu tashkilotning yana bir muhim, ustuvor konvensiyalaridan biri — “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-sonli konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi davlatimiz rahbarining 2020-yil 27-noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlanish strategiyasini 2021-2025-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Xalqaro mehnat tashkilotining 167-sonli Konvensiyaning maqsadi – qurilish sohasida xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga oʻqitilishi va bilimlari tekshirilishi hamda binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda xomashyo va materiallarni qoʻllash, ishlar bajarish chogʻida xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.
Deputatlarning qayd etishicha, yurtimiz soʻnggi yillarda katta qurilish maydoniga aylandi. Minglab fuqarolarimiz aynan mazkur sohada faoliyat olib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, mazkur konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi ish beruvchilar oldiga katta masʼuliyat yuklaydi. Ular endilikda nafaqat milliy qonunchiligimizda belgilangan talablarga, balki xalqaro hujjat, yaʼni mazkur konvensiya normalariga rioya etilishi va soʻzsiz ushbu qoidalarga amalga qilish majburiyatini oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining XMTning 167-sonli Konvensiyasiga qoʻshilishi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taalluqli boʻlgan talablar, shu jumladan, qurilish sohasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring