Oʻzbekistonda vaksina bilan emlanganlar orasida Innovatsiya vazirligi rahbariyatining 20 nafar oila aʼzolari ham bor
Avvalroq, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha,Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining Oʻzbekistonda III faza sinovlaridan oʻtayotgan vaksinasi.
Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovdan oʻtishi boshlanadigan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili boʻlib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Yaʼni rekombinant oqsil koʻrinishidagi vaksina virusning bir boʻlagini yuqori texnologiyalar asosida sunʼiy koʻpaytirib olishga asoslangan. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.
Ushbu vaksina I va II faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta koʻngilli oila aʼzolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- OʻFA 5 yoʻnalishda yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring