Oʻzbekistonda uy-joy savdosi keskin oshdi — bir oyda 26 mingdan ortiq xonadon sotildi
Foto: Arxiv surat
Iyul oyida Oʻzbekistonda uy-joy bozori faolligi sezilarli darajada oʻsdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga tayanilgan holda xabar berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, bir oy ichida 26 mingdan ortiq uy-joy sotuvi amalga oshirilgan. Bu koʻrsatkich iyun oyiga nisbatan 25% ga koʻp. Mutaxassislar buni soʻnggi vaqtdagi eng katta oylik oʻsishlardan biri sifatida baholadi.
Oʻzbekistonning barcha hududlarida uy-joy savdosi faolligi oshgan. Eng katta oʻsish Surxondaryo (41%), Sirdaryo (35,3%) va Qashqadaryo (33,7%) viloyatlarida qayd etildi. Toshkent shahrida esa koʻrsatkich 24,6% ga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring